O‘zbekiston Markaziy banki iste’molchilarning bankomatlar bilan bog‘liq muammolari yuzasidan bozor ishtirokchilariga xat yubordi.

15 may kuni imzolangan xat regulyator rasmiy saytiga joylangan.

Bank kartasidan mablag‘lar yechib olinishi, lekin naqd pul berilmasligi, uzoq kechikish bilan qaytarilishi yoki muvaffaqiyatsiz amaliyot bo‘yicha xizmat haqi ushlab qolinishi kabi holatlar – ikkinchi darajali texnik hodisa sifatida emas, balki iste’molchilarning mulkiy manfaatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan masala sifatida ko‘rib chiqilishi shart”, – deyiladi hujjatda.

Karta bankomatda qolib ketgani yuzasidan mijozning murojaatlari holati haqida uni o‘z vaqtida xabardor qilmaslik hamda mazkur masala bo‘yicha bank, to‘lov tashkiloti va jarayonning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida mas’uliyatni biridan boshqasiga o‘tkazib yuborish kabi holatlarni Markaziy bank karta egalariga nisbatan adolatsiz munosabat deb atadi.

Rasmiy xatda tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlariga bankomatlar bilan bog‘liq ish sifatini oshirish bo‘yicha quyidagi ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan:

  • bankomat bilan bog‘liq muammo yuz berganda mijozning harakatlar ketma-ketligi bo‘yicha tushunarli ma’lumot e’lon qilish;
  • xizmat haqlari (komissiya) haqida amaliyotdan oldin shaffof ma’lumot berish va xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
  • naqd pul berilmasligi yoki kartani ushlab qolish kabi holatlarni mijozning mulkiy manfaatiga daxldor ustuvor murojaat deb belgilash, murojaat qabul qilinganda uning identifikatsion raqami va ko‘rib chiqish muddatini tasdiqlovchi tasdiqnoma taqdim etish;
  • agar muammoni ichki manbalar (jurnallar, video, inkassatsiya dalolatnomasi va h.k.) orqali tasdiqlash mumkin bo‘lsa, mijozni bank ofisiga takroran chaqirmaslik hamda muammoni hal qilishda turli bo‘linmalar yoki tashkilotlar o‘rtasida sarson qilmaslik;