O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida memorandum imzolandi
Toshkentda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Xalq so‘zi”.
Unda Mo‘g‘uliston do‘stlik jamiyatlari Kengashi raisi, fazogir Jugderdemidiyn Gurragcha ishtirok etib, o‘zaro an'anaviy madaniyat kunlarini o‘tkazish aloqalarni ravnaq toptirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlagan.
Muloqot ishtirokchilari O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari va madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantirish, tinch va farovon hayotni ta'minlashda “xalq diplomatiyasi” muhim ahamiyat kasb etishini alohida e'tirof etdilar.
Yakunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda Mo‘g‘uliston do‘stlik jamiyatlari Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Mavzuga oid
22:25 / 04.10.2024
Mo‘g‘uliston vizalarni elektron shaklda berishni boshladi
09:40 / 07.09.2024
XJS prokurori: Mo‘g‘uliston Putinning tashrifi bo‘yicha tushuntirish berishi kerak
18:41 / 03.09.2024
Mo‘g‘uliston rasmiysi Putin hibsga olinmasligini izohladi
13:17 / 03.09.2024