Toşkentda Özbekiston va Möğuliston örtasidagi döstlik aloqalarini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan muloqot taşkil etildi, deb xabar bermoqda “Xalq sözi”.
Unda Möğuliston döstlik jamiyatlari Kengaşi raisi, fazogir Jugderdemidiyn Gurragça iştirok etib, özaro an'anaviy madaniyat kunlarini ötkaziş aloqalarni ravnaq toptirişda muhim ahamiyat kasb etişini ta'kidlagan.
Muloqot iştirokçilari Özbekiston va Möğuliston örtasidagi döstlik munosabatlari va madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantiriş, tinç va farovon hayotni ta'minlaşda “xalq diplomatiyasi” muhim ahamiyat kasb etişini alohida e'tirof etdilar.
Yakunda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi hamda Möğuliston döstlik jamiyatlari Kengaşi örtasida özaro hamkorlik qiliş böyiça memorandum imzolandi.











