O‘zbekiston | 09:12 / 30.03.2018
115983
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin O‘zbekistonga qachon kelishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Sputnik / Aleksey Nikolskiy

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin joriy yilning kuzida O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvida joriy yil kuzida Putinning O‘zbekistonga kutilayotgan davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘rib chiqilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni telefon orqali suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni 18 martdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi va uni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif qildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid