Jamiyat | 11:10 / 30.03.2018
9317
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent xalqaro aeroportiga press-tur uyushtirildi

28 fevral kuni Xalqaro Press-klubda Turizm sohasi bo‘yicha sessiya davomida Toshkent xalqaro aeroporti, bojxona, chegarachilar faoliyati muhokama qilingan edi. Jumladan, aeroport hududidagi xodimlar muomalasi, tartibsiz navbatlar, ortiqcha kuttirish, avtobusdagi noqulayliklar, avtoturargohdagi taksi xizmati bo‘yicha takliflar berilgandi.

Xalqaro press-klub rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev feysbukdagi sahifasida shu kunlarda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari rahbariyati tomonidan jurnalistlar uchun press-tur tashkil qilinayotgani haqida xabar berdi.

Oradan bir oy o‘tdi. Aeroport faoliyatidagi yondashuv ijobiy tomonga o‘zgargan: 8ta bojxona punkti 14taga ko‘paytirilgan, navbat ilonchasi o‘rnatilgan, yo‘lovchilar tartib bilan harakatlanmoqda.

Foto: Xalqaro press-klub
Foto: Xalqaro press-klub

Chegarachilar tabassum va yaxshi muomala bilan yo‘lovchilarni kuzatishmoqda va kutib olishmoqda. Avtoturargohda litsenziyasiz taksilar yo‘q, bu masala soliq va yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan nazoratga olingan. Ortiqcha kuttirish, asabbuzarlik, qo‘pol muomala yo‘q. Yo‘lovchilarning kayfiyati ham zo‘r.

Foto: Xalqaro press-klub

Birinchi manzil – Toshkent xalqaro aeroporti bo‘ldi. Endi G‘ishtko‘prik chegara posti va Surxondaryo viloyatidagi Afg‘oniston bilan chegara hududlarida press-tur davom etadi.

Foto: Xalqaro press-klub
Foto: Xalqaro press-klub
Foto: Xalqaro press-klub
Foto: Xalqaro press-klub
Foto: Xalqaro press-klub

Eslatib o‘tamiz, bir oy ichida Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminali ochiladi. Bu terminal juda ham qulay va zamonaviy bo‘lishi kutilmoqda. Yo‘lovchilar chegarada ortiqcha vaqt ketkazishmaydi, chunki terminalda 24ta o‘tkazish punkti bo‘ladi.

Mavzuga oid