Toshkent xalqaro aeroportida 9 dona iPhone 17 smartfoni noqonuniy olib ötilişi foş etildi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, kompleksning kontrabandaga qarşi kuraşiş şu’basi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroporti umumiy uçib keliş zalida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda “Doha–Toshkent” yönalişi böylab uçib kelgan hamda bojxona nazorati zonasining “yaşil” yölagi orqali harakatlangan Özbekiston fuqarosi töxtatilib, özi va yuklari közdan keçirilgan.

Jarayonda fuqaro yuklari orasidan bojxona nazoratiga tegişli tartibda taqdim etilmagan va yölovçi bojxona deklaratsiyasida yozib körsatilmagan 9 dona iPhone 17 topilgan. Ularning dastlabki taxminiy qiymati 230 mln söm deb baholangan. Smartfonlar huquqbuzarlik aşyosi sifatida vaqtinça saqlovga olingan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan tegişli protsessual hujjatlar rasmiylaştirilib, bojxona suriştiruv jarayonlari olib borilayotgani bildirilgan.

Eslatib ötamiz, Apple 9 sentabr kuni yangi iPhone 17 smartfonlarini taqdim etgandi. 19 sentabrdan sotuvga çiqqan iPhone 17 Pro narxi 1099 dollardan, iPhone 17 Pro Max esa 1199 dollardan boşlanadi.