Toşkent xalqaro aeroportida rekonstruksiya işlarining yana bir bosqiçi yakunlandi: yangilangan uçib keliş zali, oçiq terassa va jönaş terminalidagi yangi VIP zali ta’mirlab bitkazildi. Tez kunlarda mazkur hududda bir neçta oziq-ovqat va içimliklar dökonlari, jumladan, qahvaxonalar, alkogolsiz içimliklar barlari, muzqaymoq va gul dökonlari oçilişi rejalaştirilgan. Barçamizga ma’lumki, avvallari uçib keliş zaliga kutib oluvçilar deyarli kiritilmasdi.

“Agarki uçib kelayotgan yölovçimiz qariya bölsa yoki yoş bola bölsa, ularni kutib oliş uçun istisno tariqasida, barça hujjatlarini taqdim etgan holda bir şaxs kiritilgan bölgan. Öz örnida oldingi kutib oluvçilarimiz taşqarida, turli xil yoğingarçilik asoratida qolib ketişganini inobatga olgan holda, hozirda mana, zalning içida, sovuq kunlarda issiqqina, issiq kunlarda muzdekkina, bemalol xotirjam kutib oliş imkoniyatiga ega bölişdi”, deydi Toşkent xalqaro aeroporti direktori Jasur Pölatov.

Jasur Pölatovga köra avvallari eski aerovokzal hududidan çiqib keliş juda ham tor va zinapoyalardan iborat edi, şu sababli ham yölovçilarga biroz noqulaylik tuğdirgan bölişi mumkin.

“Hozirgi kunda mana, körib turibsizlar, arava uçun alohida estakada yaratdik, mana bu estakadadan bemalol tuşib kelişadi. Yengil yuk bilan bölgan yölovçilar esa zinapoyadan va xuddi şunday imkoniyati çegaralangan yölovçilarga ham alohida e’tibor qaratib, biz eskalatorni ham örnatib qöydik. Bu orqali imkoniyati çegaralangan yölovçilarga imkoniyat yaratildi”.

Toşkent xalqaro aeroportining uçib keliş zali binosi oldi 2200 kvadrat metrga kengaytirildi. Buning natijasida uşbu hududda bir vaqtning özida 347 ta avtomobilni joylaştirsa böladigan yangi avtoturargoh ham barpo etilgan. Quriliş va ta’mirlaş işlari natijasida 200 örindiqqa ega bölgan kutib oluvçilar hududi maydoni bugungi kunda deyarli 5000 kvadrat metrga kengaytirildi. Xöş, aeroportda yaratilgan uşbu qulayliklarga yurtdoşlarimizning munosabati qanday? “Judayam gözal, kelganda bahri-diling yayraydi. Biz özimiz Qozoğistondan kelib ötiribmiz, hozir onamni kutib olyapmiz. Judayam çiroyli, hamma joyi toza”, deydi Umida Qodirqulova.

Avvallari uçib keluvçi yölovçilar yuklarini öz navbatida ololmaganiga e’tirozlar qilgani ham heç kimga sir emas. Bugungi kunda uşbu muammolar ham bartaraf etilmoqda.

“Bizda, albatta, infrastruktura jihatidan olib qaraydigan bölsak, samolyot sahnidan tuşgandan keyin yölovçi uçib keliş zaliga uzoği bilan 12 minutda yetib keladi. Xalqaro katta aeroportlarga e’tibor beradigan bölsak, yölovçi havo sahnidan uçib keliş hududigaça, ya’ni yuklarini oliş joyigaça eng kamida 20-25 minut ketadi. Bu vaqt orasida boşqa xalqaro aeroportlar bagajni tezda havo sahnidan olib kelib, tezda lentalarga joylaştirib, egalariga berişni yölga qöyişgan. Bizda vaqt oraliği qisqa bölgani sababli, biz yeçimga kirişişni boşladik. Bugungi kunda umumiy zalimizda e’tibor bergan bölsangiz, eski paytda bor-yöği 4 dona lentamiz bölgan. Unda umumiy olganimizda 8 tagaça reysni qabul qiliş imkoniyati bölgan. Hozirgi kunda zalimizning kengayişi, hududlarimiz yanada oçilişi sababli qöşimça beşinçi lentani örnatdik. Bu ham qöşimça 2 ta parvozga xizmat körsatiş qobiliyatiga ega”, deydi aeroport direktori Jasur Pölatov.

Bundan taşqari aeroportning 2-qavatida ajoyib manzaraga ega bölgan terassa ham taşkil etildi. Endilikda u yerda uçib ketuvçilar va ularning yaqinlar vaqtlari maroqli ötkazişlari mumkin. Ma’lumot uçun, bugungi kunda Toşkent xalqaro aeroportining uçib keliş binosi 1 sutka mobaynida 20-22 ming yölovçiga xizmat körsatmoqda. Quriliş tugallangandan söng terminalning umumiy maydoni16 000 kvadrat metrdan oşadi va uning ötkaziş qobiliyati soatiga 2400 yölovçiga yetadi. Ta’mirlaş işlari doirasida VIP jönaş zali ham kengaytirildi. Mavjud 1100 kvadrat metrlik zalga 300 kvadrat metr qöşildi. Bu zalning içki qismini vizual ravişda kengaytiradi va örindiqlar sonini köpaytiradi.