13:14 / 31.03.2018
7343

131 mln so‘mlik kiyim-kechaklar firibgarlik bilan o‘zlashtirildi

Foto: iStock

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 29 mart kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 3 fevraldan 19 fevralgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Andijon shahar Sanoat mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan B.H. Olmos mahallasida “Mubinabonu tarovat” MChJ rahbari, X.Azimovaga umumiy qiymati 131 mln so‘mlik turli kiyim-kechaklarini sotib berishini va'da qilib, kiyim-kechaklarni olib ketib, bergan va'dasini bajarmay sotilgan kiyim-kechaklarning pullarini o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan.

Top