Jahon | 10:59 / 31.03.2018
12235
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Afg‘onistonga yana mingga yaqin harbiy xizmatchini yubordi

Foto: Pinterest

Pentagon Afg‘onistonga yana mingga yaqin harbiy xizmatchi yubordi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga tayanib TOLO News mahalliy telekanali xabar qildi.

Yuborilgan harbiy xizmatchilar 36ta harbiy bo‘linma orasida taqsimlandi. Bundan tashqari, Pentagonning bildirishicha, Afg‘onistonda harbiy xizmatchilarni tayyorlash bilan shug‘ullanadigan yangi harbiy birlashma – 1-xavfsizlikka ko‘maklashish brigadasi joylashtirildi. Harbiy mahkama xabarida birlashmaning soni oshkor qilinmadi.

AQSh dengiz-piyoda korpusi qo‘mondoni Robert Nellerning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar «yangi 11 sentabr» yuz bermasligi maqsadida Afg‘onistonda qoladi.

Shu bilan birga general Afg‘oniston rahbariyati fuqarolik urushini to‘xtatish uchun toliblar ishtirokidagi muzokaralarga tayyorligini ta'kidladi. «Sizlar doimiy urush holatida yashay olmaysizlar», - dedi u.

AQShning Afg‘onistondagi harbiy kontingenti, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning qaroriga ko‘ra, hammasi bo‘lib taxminan 14 ming kishi bo‘lishi kerak.

Mavzuga oid