Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni ortmoqda
Foto: Reuters
Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansurning ma'lum qilishicha, Isroil va G‘azo sektori chegarasida isroilliklar armiyasi bilan to‘qnashuvlar davomida halok bo‘lgan falastinliklar soni kamida 17 kishini tashkil etyapti.
«Ayni damga kelib shu narsa ma'lumki, 17 nafardan ortiq falastinliklar o‘ldirildi, jumladan 16 yoshdan kichik bolalar ham. 1,5 ming kishi jarohat oldi», - deya diplomatning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT bosh kotibi G‘azodagi voqealar bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi.