Sport | 11:15 / 31.03.2018
12516
1 daqiqa o‘qiladi

XOQ rahbari Kim Chen Inga minnatdorlik bildirdi

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax «iliq va do‘stona muhitda» uchrashuv o‘tkazdi. Unda shimoliy koreyalik sportchilarning Olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki va Shimoliy Koreya hamda XOQning kelajakdagi hamkorligi muhokama qilindi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.

«XOQ prezidenti 23-qishki Olimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tkazilganiga qo‘shgan hissasi uchun Kim Chen Inga minnatdorchilik bildirish uchun Pxenyanga kelganini ma'lum qildi», - deyiladi xabarda. 

O‘z navbatida, Kim Chen In «hech qanday dastlabki shartlarsiz yoki siyosiy vaziyatga qaramay, XOQ va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi».

Shimoliy Koreya yetakchisi Tomas Baxni KXDRga «do‘st sifatida» tashrif buyurishga taklif qildi.

Mavzuga oid