Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti Osiyo kubogiga chiqqan futbolchilarni mukofotladi
Qirg‘iziston respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati-2019 final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi. Bu haqda prezident apparati axborot bo‘limi xabar tarqatdi.
Qirg‘izistonning yangi prezidenti futbolchilarni o‘z tarixida ilk marta Osiyo kubogi final bosqichiga chiqqani va hozirda Osiyoning 12-jamoasi (O‘zbekiston bo‘lajak qur'a oldidan Osiyoda 13-o‘ringa tushib ketishi kutilmoqda) bo‘lib turgani bilan tabrikladi va jamoaga 1 mln qirg‘iz somi miqdorida (118 mln 700 ming o‘zbek so‘miga teng) mukofot puli topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston terma jamoasi ilk marta 24ta terma jamoa ishtirok etadigan Osiyo chempionati saralash bosqichida Hindiston bilan birga o‘z guruhida 1-2 o‘rinlarni egallagan va mamlakat tarixida ilk marta final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritggandi.
Mavzuga oid
19:00 / 11.02.2022
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Jeenbekovning qudasi hibsga olindi
21:10 / 12.08.2021
Sooronbay Jeenbekov milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan so‘roq qilindi
19:14 / 02.03.2021
Qirg‘izistonda sobiq prezidentning qudasiga qarshi jinoyat ishi ochildi
15:20 / 17.10.2020