Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida 6 oyoqli buzoqcha tug‘ildi
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 6 oyoqli buzoq tug‘ildi. Noodatiy buzoqchaning suratini Facebook’da mahalliy jurnalist Isomiddin Po‘latov joylashtirdi. Yerteshar qishlog‘ida yashovchi fermer Husniddin Xo‘jayevning aytishicha, buzoqcha 20 martda tug‘ilgan. U hozircha mustaqil yura olmayapti va sun'iy yo‘l bilan oziqlantirilmoqda. Shu bilan birga buzoqchaning holati qoniqarli deb baholanmoqda.
Bu ortiqcha oyoq bilan tug‘ilgan birinchi buzoqcha emas: 2014 yilda Jizzax viloyatida 5 oyoqli, undan oldinroq Navoiy viloyatida ham 6 oyoqli buzoqcha tug‘ilgan.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026