Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» yirik g‘alabaga erishdi
Angliya Premer-ligasining 32-turi doirasida «Arsenal» o‘z maydonida «Stok Siti»ni qabul qildi. «Emireyts» o‘yingohida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi. 75-daqiqada Emerik Obameyyang penaltidan hisobni ochdi, o‘yin yakunlanishi arafasida u dublni rasmiylashtirdi, 90-daqiqada mehmonlar darvozasiga yana bir marta 11-metrli jarima zarbasi belgilandi va bu safar nuqtaga Aleksandr Lyakazett yaqinlashib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
«Arsenal» bu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 51taga yetkazdi va Angliya chempionati turnir jadvalidagi oltinchi o‘rinni mustahkamladi, «Stok Siti» 27 ochko bilan 19-o‘rinda qolmoqda.
Angliya chempionati
32-tur
Arsenal – Stok Siti 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 75, penalti Obameyang, 2:0 – 86 Obameyang, 3:0 – 89, penalti Lyakazett.
Arsenal – Ospina, Monreal, Chembers, Bellerin, Mustafi, El-Nenni (Chaka, 76), O‘zil, Remzi, Uilsher (Mxitaryan, 76), Obameyang, Uelbek (Lyakazett, 61).
Stok Siti – Batlend, Piters, Shoukross, Martins Indi, Bauer, Shakiri, Ndiayye, Sobxi (Krauch, 80), Allen, Jonson, Diuf (Beraxino, 61).
Ogohlantirishlar: El-Nenni (37), Jonson (66), Allen (90).
Mavzuga oid
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026