Jamiyat | 21:30 / 01.04.2018
13041
2 daqiqa o‘qiladi

Diyorbekka yordam beraylik!

«Agar ezgu ish qilsangizlar-o‘zlaringizga ezgulik qilgan bo‘lasizlar» Al-Isro surasi, 7 oyat.
Barchangizga ma'lumki, kun.uz xayriya aksiyalarini o‘tkazib kelmoqda. Tahririyatimizga kelgan mana shunday murojaatlardan biri diqqatimizni tortdi. Murojaat Farg‘ona shahridan bo‘lib, o‘rganish maqsadida ijodiy guruhimiz bilan birga bu xonadonga tashrif buyurdik. 

Xonadonda atigi 4 yoshli go‘dak bor. Ismi Diyorbek. Onasining aytishicha, Diyorbek tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan. Nafas olishga juda qiynaladi. Tez harakat qila olmaydi. 3-4 qadamdan so‘ng nafasi bo‘g‘iladi.

Onasining umidi bo‘lgan Diyorbek yaxshilikka muhtoj.Yaxshilik qilish muhim hayotiy fazilat bo‘lib, inson faoliyatining asl va azaliy mohiyatini anglatadi. U insonga kuchli ruhiy lazzat bag‘ishlashi barobarida, uni shaxsga aylantiradigan haqiqiy baxtga olib boradi.


Diyorbekning tuzalishi uchun kerak bo‘lgan operatsiya ikki bosqichda o‘tkaziladi. Mazkur operatsiyaga taxminan 17 million so‘m kerak. Yurak tomirlarini kengaytirish uchun.
Diyorbekning onasi bor-yo‘g‘i farzandining yashab ketishidan umidvor. Do‘stlari qatori chopqillab yurishini, maktabga borishini xohlaydi. Kelinglar do‘stlar mushtipar onaning orzusi ushalishiga sababchi bo‘lib qolaylik. Diyorbekka qo‘limizdan kelgancha yordamimizni ayamaylik.

Halilova Go‘zalxon
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri
Furqat M.F.Y. A.G‘ijduvoniy ko‘chasi 133-uy

Tel: +99891 6647630
Xalq banki:  8600 0609 4693 0477

Mavzuga oid