Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xizmatkorning o‘limi Kuvayt va Filippin o‘rtasiga nizo solmoqda
Foto: Associated Press
Livanlik erkak va uning suriyalik turmush o‘rtog‘i yakshanba kuni Kuvayt sudida osish orqali o‘lim jazosiga hukm qilindi. Ular filippinlik xizmatkor ayolni o‘ldirishda ayblanmoqda. DailySabah shu haqida xabar berdi.
Kuvayt inson huquqlari jamiyati vakili Muhammad Al-Otaybiyning aytishicha, Kuvayt jinoyat sudi tomonidan chiqarilgan qaror qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Gumondorlardan biri livanlik Nadir Essam Assaf fevral oyi oxirida Livanda qo‘lga olingan. Uning turmush o‘rtog‘i Mona Hasun esa Suriya rasmiylari tomonidan Damashqda qo‘lga olindi. Juftlik hali Kuvaytga ekstraditsiya qilinmadi.
Ular 29 yoshli Joanna Daniela Demafelisning oxirgi ish beruvchilari bo‘lishgan. Ayolning jasadi Kuvaytdagi kvartiralardan biridagi muzlatgich kamerasidan topilgan.
Ekspertiza natijalari ayolning kaltaklangani, uning qovurg‘alari singani, ichki qon ketishi va shishlarni qayd etgan.
Demafelisning o‘limi Kuvayt va Filippin o‘rtasidagi taranglikni yanada kuchaytirdi.
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Fors ko‘rfazi mamlakatida filippinliklarga nisbatan bunday shafqatsiz munosabatni qoraladi va filippinliklarning Kuvaytga ishlagani borishini taqiqladi.
Mavzuga oid
21:03 / 24.03.2026
Konfet qog‘ozi rossiyalik ayolning qotilini aniqlashga yordam berdi
14:28 / 12.03.2026
Germaniyada 16 yoshli ukrainalik ikkita qotillik uchun 10 yilga qamaldi
21:02 / 10.03.2026
Kuvayt, Iroq, BAA va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni uchdan birga qisqartirdi – OAV
15:27 / 10.03.2026