Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqaradagi uchrashuvda Suriya masalasi bo‘yicha bayonot beriladi
Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin, Hasan Ruhoniy va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 4 aprel kuni Anqarada o‘tkaziladigan sammit yakunlariga ko‘ra, Suriyadagi vaziyat bo‘yicha qo‘shma bayonot berishadi.
«Barchamiz kutayotganimizdek, davlatlar rahbarlari Suriyaning suvereniteti va mustaqilligi qo‘llab-quvvatlangan, hududiy yaxlitligiga urg‘u qaratilgan qo‘shma bayonot bilan chiqishadi. Bu eng muhim masala», degan jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bayonot matni ustida ish olib borilmoqda.
Sammit kun tartibi haqida gapirar ekan, Rossiya prezidenti yordamchisi uch tomonlama sammit bo‘yicha kelishuvga erishilgan Sochi sammiti vaqtidagi muhokamalarning amaliyoti ko‘rib chiqilishini bildirgan.
Bundan tashqari, siyosatchilar Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha boshqa choralar ustida to‘xtaladi.
Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, sammitdan oldin Rossiya prezidenti Eron prezidenti bilan alohida uchrashuv o‘tkazadi. Unda ikki davlat munosabatlaridagi kun tartibidagi masalalar muhokama qilinadi, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha fikrlar almashiladi, Beshinchi Kaspiy sammitiga tayyorgarlik ko‘rish hamda Suriyadagi vaziyat ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026