Jamiyat | 10:22 / 02.04.2018
7087
1 daqiqa o‘qiladi

Yer maydoni olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Illyustrativ foto/UNІAN

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 29 mart kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil avgust oyida Dilnur ko‘chasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan O.A. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan B.H.ga Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani hududida joylashgan yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishni va'da qilib, 4 ming AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligi ma'lum bo‘lgan. 

O.A. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid