Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan O‘zbekistonga eksport qilingan neft hajmi 36 ming tonnadan oshdi
Joriy yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga eksport qilingan neft hajmi 36 ming tonnadan oshdi. Bu haqda RF Yoqilg‘i-energetika kompleksi markaziy dispetcherlik boshqarmasi ma'lumot bergan.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonga eksport qilingan neft mahsulotining 11,1 ming tonnasi mart oyida yetkazib berilgan. Bu ko‘rsatikich yanvar oyida 24,9 ming tonna hajmda amalga oshirilgandi. O‘tgan yili Rossiyadan 68,2 ming tonna neft mahsuloti import qilingani inobatga olinsa, joriy yilda neft import hajmi sezilarli o‘sib borayotganini kuzatish mumkin.
«Transnefti» vakili Igor Demin aytishicha, bu faqat test rejimida neft mahsulotlarini yetkazib berish jarayonidagi ko‘rsatkichlar sanaladi.
Bir yil avval, aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirizyoyev Rossiyadan 500 ming tonna neftni import qilish bo‘yicha memorandumga imzo qo‘ygandi, deb xabar beradi RNS.
«Transnefti» vitse-prezidenti Sergey Andronovning ta'kidlashicha, mazkur kelishuv doirasida 500 ming tonna rus neftini «Rosneft», «Gazprom neft», «Lukoyl» va «Russneft» kompaniyalari yetkazib berishi mumkin.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026