Jamiyat | 17:57 / 02.04.2018
16873
2 daqiqa o‘qiladi

To‘raqo‘rg‘onda Suriyadagi janglarda qatnashgan shaxslar 14 yilga qamaldi

Foto: KUN.UZ

Jinoiy ishlar bo‘yicha Namangan viloyat sudi sakkiz nafar mahalliy fuqaroga odamlarni yollash va Suriyada terrorchilik guruhlari tomonida jangovar harakatlarda ishtirok etganlik uchun hukm chiqardi. Bu haqda RIA Novosti sud vakiliga asosan xabar bermoqda.

"Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi sakkiz nafar shaxs 6 yildan 14 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Ular odamlarni yollashgan va Suriyadagi terrorchilik guruhlari tomonida jangovar harakatlarda ishtirok etishgan", - deya aytib o‘tdi agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qamalganlardan ikki nafari - Muhammad Abdurasulov va Muhammadali Shokirov – 2010 yilda O‘zbekistondan Turkiyaga chiqib ketib, u yerda "Tabligi Jamoat" xalqaro ekstremistik tashkilot ta'siriga tushib qolgan. Ular ikki yildan so‘ng Suriyadagi mashg‘ulot lageriga yo‘l olib, u yerda IShID terrorchilik guruhi bilan aloqador bo‘lgan ekstremistlar safida jangovar harakatlarda ishtirok etishgan.

"2016 yilda Abdurasulov va Shokirov vataniga qaytgan hamda yashirin yacheykani tashkil qilgan, unga odamlarni yollash va Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun yana olti kishi jalb etilgan", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi sud vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu guruhga nisbatan o‘tkazilgan tezkor-tergov harakatlar davomida 30 fuqaroning mamlakatdan Suriyada jangovar harakatlarda ishtirok etish maqsadida chiqib ketishi oldi olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid