Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Gazprom”ning sof daromadi bir yil ichida 4 barobar kamayib ketdi
Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi sof daromadi 2017 yil natijalariga ko‘ra 100,298 mlrd rublni tashkil qildi. Bu haqda kompaniyaning Rossiyada amal qiluvchi buxgalterlik hisob-kitobi standartlariga ko‘ra tayyorlangan hisobotida aytilgan. Kompaniya daromadi 2016 yilga nisbatan 4 marta kamayib ketgan. 2016 yilda daromad 411,424 mlrd rublni tashkil qilgan.
Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning umumiy tushumi 2017 yil natijalariga ko‘ra 4,313 trln rublni tashkil qilgan va bu ko‘rsatkich 2016 yildagidan 9,6 foizga ko‘proq bo‘lgan. Kompaniyaning gaz sotishdan olgan tushumi 8 foizga, ya'ni 2,659 trln rubldan 2,872 trln rublgacha oshgan.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2018 yilning 1-choragida uzoq xorijiy davlatlarga 54,4 mlrd kubmetr gaz yetkazgan va ushbu miqdor yillik hisobda o‘tgan yildagiga nisbatan 6,6 foizga oshgan. Gaz yetkazib berish ayniqsa Niderlandiya (+127 foiz), Avstriya (+83,5 foiz), Gretsiya (+36,4 foiz), Finlyandiya (+15,5 foiz), Germaniya (+12,2 foiz) va Fransiyaga (+11,1 foiz) ko‘paygan.
Mavzuga oid
19:00 / 03.07.2026
Rossiyada amaldorlarga navbatsiz xizmat ko‘rsatuvchi zapravkalar paydo bo‘ldi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
10:51 / 20.01.2026
Vengriyaning MOL kompaniyasi Serbiyadagi NIS’da “Gazprom” ulushini sotib oladi
20:33 / 22.12.2025