Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID jangarilari Afrikaga yo‘l olmoqda – Shoygu
Suriya va Iroqda IShID terrorchilik guruhi tor-mor etilganidan so‘ng, jinoiy tuzilmalar a'zolari boshqa mintaqalarga o‘tmoqda, bu transchegaraviy jinoyatchilikning rivojlanishiga turtki bermoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma'lum qildi.
"IShID tor-mor etilganidan so‘ng, Suriya va Iroqdagi jinoiy tuzilmalar a'zolari boshqa mintaqalarga o‘tmoqda, Afrikada terrorchilik faolligi oshmoqda, radikallar Osiyo hamda Yevropaga qaytmoqda. Shu tariqa, transchegaraviy jinoyatchilik ko‘paymoqda", - deya aytib o‘tdi Shoygu Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha VII Moskva konferensiyasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab ekstremistik va ayirmachilik harakatlari uchun asos paydo bo‘lyapti.
Shuningdek, Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda ayni damda IShID terrorchilik guruhining 4,5 ming jangarisi bor, ular soni ortib bormoqda.
"Afg‘oniston nafaqat IShID jangarilari, balki boshqa terrorchilik tashkilotlari uchun ham boshpanaga aylanishi mumkin. Ular shu yerdan butun yevroosiyo qit'asiga tarqaladi. Bugungi kunda Afg‘onistonda IShIDning taxminan 4,5 ming jangarisi bor, ularning soni doimiy ravishda o‘sib boryapti", - dedi u.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026