Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonliklar endi pul ishlab topish uchun O‘zbekiston va Qozog‘istonga ketmoqda
Turkmanistonda davom etayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli ko‘plab turkmanistonliklar chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda. Mavjud vaziyat sababli Turkmanistondan mehnat migratsiyasi oqimi ham oshib bormoqda, deb yozmoqda CA-news.
So‘nggi paytlarda O‘zbekiston va Qozog‘istonga mehnat muhojirlari sifatida chiqib ketishga harakat qilayotgan Turkmaniston fuqarolari haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Bunga, xususan, Turkmaniston hukumati Turkiyaga migrantlar oqimini to‘xtatish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirgani ham sabab bo‘ldi. Ushbu davlat turkmanistonliklar pul ishlab topish maqsadida boradigan asosiy joy sanaladi.
Mahalliy manbalar so‘ziga ko‘ra, Ashxobod aeroporti orqali reyslarga kiritilmagan mehnat migrantlari endilikda Turkiyaga O‘zbekiston yoki Qozog‘iston orqali jo‘nab ketishga urinmoqda.
Avvalroq, Ashxobod xalqaro aeroportida Turkmanistonning o‘nlab fuqarolari Istanbul va Dubayga reyslarga qo‘yilmayotgani haqida bir necha marta xabar berilgandi. Fevral oyida Turkmanistondan Ozarboyjonga mehnat migrantlari oqimi oshgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025