Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh rossiyalik oligarxlarga qarshi sanksiyalar joriy etadi
AQSh “Kreml ro‘yxatidan” bo‘lgan rossiyalik oligarxlarga qarshi sanksiyalar joriy etish niyatida. Bu Qo‘shma Shtatlar prezidentligi saylovlariga aralashuv tufayli yuz berishi mumkin, deb xabar qilmoqda Reuters manbalarga asosan.
Agentlik xabariga ko‘ra, sanksiyalar Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bo‘lgan rossiyalik tadbirkorlarga nisbatan joriy etiladi. Ikki manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, bunday choralar payshanba, 5 aprel kuniyoq ko‘rilishi mumkin.
Oligarxlarga qarshi sanksiyalar “Amerika dushmanlariga sanksiyalar orqali qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (CAATSA) qonunga muvofiq kiritiladi, deb aytib o‘tgan agentlikning to‘rt nafar manbasi. Unda rossiyalik 200dan ortiq amaldor hamda tadbirkorlar nomi bor – bu ro‘yxat “Kreml ro‘yxati” sifatida mashhur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda rossiyalik oligarxlar so‘roq qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
21:48 / 03.07.2026