Jahon | 10:51 / 05.04.2018
9259
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik diplomatlar Moskvadagi elchixona binosini tark etdi

Foto: AP

AQShning Moskvadagi elchixonasi xodimlari diplomatik missiya binosini tark etishdi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 5 aprel soat taxminan 04.00larda elchixona hududiga mikroavtobuslar, yengil mashinalar, shuningdek, yo‘lovchi avtobuslari kiritila boshlangan. Soat 06.28da transport vositalari kolonnasi Amerika diplomatik missiyasi hududini tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni AQSh rossiyalik 60 diplomatni chiqarib yuborishi haqida ma'lum qildi. Fransiya, Germaniya va YeIning qator davlatlari ham xuddi shunday choralar haqida xabar berdi.

Rossiya bunga javob choralari qo‘llab, jumladan amerikalik 60 diplomatni chiqarib yubordi. Ular mamlakatni 5 aprelga qadar tark etishi kerak edi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid