Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada buqaning festivalda erkakni suzib tashlashi fojia bilan tugadi
Ispaniyaning Arkos-de-la-Frontera shahrida buqa pasxa festivali vaqtida erkak kishini suzib tashladi. Hodisa tasvirlangan video YouTube’da e'lon qilingan.
45 yoshli ispaniyalik erkak enserro – milliy ko‘ngilochar tadbir davomida jabrlandi. Bunda tadbir ishtirokchilari maxsus chiqarib yuborilgan buqalar, sigirlar yoki buzoqlardan qochishi kerak.
Rolikdan ko‘rish mumkinki, hayvon yugurib kelib erkakka urilgan va uni bir necha marta havoga ko‘tarib tashlagan. Shu bilan birga, buqa shoxlari bilan zarba berishda davom etgan.
The Local’ning yozishicha, aksariyat zarbalar erkakning ko‘kragi va soniga to‘g‘ri kelgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketildi, u yerda o‘pka jarohati tufayli vafot etdi.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026