Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengdi
Foto: Chempionlar ligasi
Chempionlar Ligasining chorak finalida «Liverpul» «Manchester Siti»ni qabul qildi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Liverpul» futbolchilari barcha gollarni birinchi bo‘limda urishdi - Muhammad Saloh, Aleks Oksleyd-Chemberlen va Sadio Mane gollarga mualliflik qilishdi. Bu gollarga Robertro Firmino, Jyeyms Milner va Saloh hammuallif bo‘lishdi.
Javob uchrashuvi «Manchester Siti»ning uy stadioni «Etihad»da 10 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Chempionlar ligasi
Chorak final
Liverpul – Manchester Siti 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 12 Saloh, 2:0 – 20 Oksleyd-Chemberlen, 3:0 – 31 Mane.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino (Solanke, 71), Oksleyd-Chemberlen (Moreno, 85), Saloh (Veynaldum, 53), Milner, Mane, Xenderson.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Kompani, Laport, Uoker, de Bryuyne, Gyundogan (Sterling, 57), Silva, Fernandino, Sane, Gabriel Jyezus.
Ogohlantirishlar: Otamendi (45), Gabriel Jyezus (76), de Bryuyne (80), Xenderson (86), Sterling (90).
Mavzuga oid
23:27 / 22.03.2026
Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026