Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yangi xizmat faoliyatiga doir qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 3 apreldagi “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati tuzilmasi hamda uning shtat birligi tasdiqlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati to‘g‘risidagi Nizom ham tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati rahbariga Axborot-resurs markazining xodimlari va Xizmat qo‘shimcha xodimlarini mustaqil ravishda ishga yollanish huquqi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati ikki hafta muddatda tasdiqlangan Nizomga muvofiq Xizmat xodimlarining funksional majburiyatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmatida tadbirkorlar va ishbilarmon doiralar vakillari, ekspertlar hamda mutaxassislar orasidan tashkil topgan Maslahat kengashi tuziladi.
Kengashning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati shtat jadvali quyidagicha bo‘ladi:
Davlat maslahatchisi – 1 shtat birligi
Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari - 1
Davlat maslahatchisi o‘rinbosari – 1
Referent – 1
Parlament va siyosiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish sektori
Sektor rahbari – 1
Bosh maslahatchi – 1
Yetakchi maslahatchi – 2
Hukumat faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish sektori
Sektor rahbari – 1
Bosh inspektor – 1
Yetakchi inspektor – 3
Davlat va jamiyat qurilishini isloh qilish sektori
Sektor rahbari – 1
Bosh inspektor – 1
Yetakchi inspektor – 3
Sud-huquq sohasini isloh qilish sektori
Sektor rahbari – 1
Bosh inspektor – 2
Yetakchi inspektor – 2
Iqtisodiy sohada islohotlarni ekspert-huquqiy qo‘llab-quvvatlash sektori
Sektor rahbari – 1
Bosh inspektor – 3
Yetakchi inspektor – 6
Ijtimoiy sohada islohotlarni ekspert-huquqiy qo‘llab-quvvatlash sektori
Sektor rahbari – 1
Bosh inspektor – 1
Yetakchi inspektor – 5
Joylarda davlat hokimiyati organlarini isloh qilish sektori
Sektor rahbari – 1
Bosh inspektor – 1
Yetakchi inspektor – 3
Devonda ishlash muddati harbiy va maxsus darajalarga erishish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga kiritilgan.
Davlat maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga ega
Sektorlar rahbarlari, bosh inspektorlar (maslahatchi), yetakchi inspektorlar (maslahatchilar) va Xizmat referenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va ozod qilinadi, Axborot-resurs markazi xodimlari va Xizmatni qo‘llab-quvvatlash xodimlari - Davlat maslahatchisi tomonidan.
Xizmat xodimlarining funksional vazifalari Davlat maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Axborot-tahlil qo‘llab-quvvatlash sektori
Sektor mudiri – 1
Yetakchi inspektor – 3
Yuridik qo‘llab-quvvatlov sektori
Bosh inspektor – 1
Yetakchi inspektor – 3
Sudlar va sud organlari bilan hamkorlik qilish sektori
Bosh inspektor – 1
Yetakchi inspektor – 1
Adliya va prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish sektori
Sektor mudiri – 1
Bosh inspektor – 1
Yetakchi inspektor – 1
Ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish sektori
Sektor mudiri – 1
Bosh inspektor – 1
Yetakchi inspektor – 2
Fuqarolik, afv etish va siyosiy boshpana berish sektori
Sektor mudiri – 1
Yetakchi inspektor – 2
Axborot-resurs markazi
Markaz rahbari – 1
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bosh mutaxassis – 1
Hammasi bo‘lib shtat birligi – 67ta.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
13:32 / 21.02.2026