Yangi onlayn tölov tartibi quyidagi afzalliklarni berişi qayd etilmoqda:
- istalgan joyda va vaqtda tölov qiliş imkoni;
- bankka boriş va navbatda turişga hojat yöq;
- hisob-kitobni oson tekşiriş va nazorat qiliş;
- tölov çeklarini onlayn yuklab oliş;
- şaffoflikni ta’minlaş orqali noqonuniy tölov undiriş, mablağlarni özlaştiriş holatlarini çeklaş, yaşirin iqtisodiyot va korrupsiyaning oldini oliş.
Ta’kidlanişiça, endilikda aholi tomonidan çiqindi xizmati uçun qilingan tölovlar töğridan-töğri sanitar korxona hisobiga emas, balki Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligining maxsus hisob raqamiga yönaltiriladi. Keyinçalik operatorlarga mahallalardan olib çiqilib, poligonga joylaştirilgan çiqindining tonnasi hamda maxsus texnikaning yurgan kilometri hisobida, ya’ni faqat amalda körsatilgan xizmat uçun tölov amalga oşiriladi.
Şuningdek, har oy sanitar korxonalar faoliyati baholanib, ular “qizil”, “sariq” va “yaşil” toifalarga ajratilişi aytilgan. Baholaş natijalari haq tölaşda inobatga olinadi, sifatsiz xizmat körsatganlar jarimaga tortiladi, zarurat bölsa bitim bekor qilinib, biriktirilgan hudud qaytarib olinadi.
Ma’lumotlarga köra:
- hozirda 14 ta korxona “qizil” toifaga tuşgan va jarimaga tortilgan, ularning 2 tasi bilan bitim bekor qilingan;
- amalda körsatilmagan xizmatlar uçun hisoblangan 11,9 mlrd söm “noreal debitor qarzdorlik” elektron tizimdan çiqarilgan;
- «Toza Makon» yagona elektron billing tizimida respublika böyiça 9 430 ta mahalla, 7,1 mln abonent hamda elektron xaritaga 3 606 ta çiqindi yiğiş joyi kiritilgan;
- çiqindi taşiydigan 3 230 ta (94 foiz) maxsus texnika GPS orqali kuzatilyapti;
- hozirda 846 ta çiqindi yiğiş maydonçasi va 645 ta texnika onlayn kuzatuv kameralari orqali nazorat qilinmoqda, 2030 yilgaça bu körsatkiçni 100 foizga yetkaziş maqsad qilingan.
Billing tizimining elektr tizimi bilan integratsiya qilinişi orqali soha raqamlaştirilib, korxonalardan sifatli xizmatni talab qilişda qöşimça nazorat mexanizmi yölga qöyilgani ham qayd etilgan.











