Jahon | 10:19 / 05.04.2018
31638
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Turkiyaga S-400 bo‘yicha «misli ko‘rilmagan tarzda yon bosdi»

Foto: TASS

Moskva S-400 «Triumf» zenit raketa tizimlari yetkazib berilishini tezlashtirib, Turkiyaga «misli ko‘rilmagan tarzda yon bosdi». Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.

Turkiya uchun S-400 komplekslarini yetkazib berish 2019 yilning iyul oyiga ko‘chirildi, garchi dastlab bu ishni 2020 yil mart oyida amalga oshirish rejalashtirilgandi. Bunday qaror Rossiya va Turkiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning muzokaralaridan so‘ng qabul qilindi.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, bu shartnomani amalga oshirishni tezlashtirish masalasi Putinning Turkiyadagi muzokaralari kun tartibida eng muhim o‘rinni egallagan. Yuqori mansabli harbiy manbaning nashrga ta'kidlashicha, bunday yon bosish «qandaydir jihatdan misli ko‘rilmagan hodisadir».

«Bunday qisqa muddatlarda shartnomani bajarish bizning munosabatlarimiz yuqori darajada ekanini ko‘rsatadi», - deya xulosa qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Rossiyadan S-400 nega xarid qilinganini tushuntirib bergandi.

 

Mavzuga oid