Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiyadan S-400 nega xarid qilinganini tushuntirib berdi
Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘lining tushuntirishicha, Anqara Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini ularga tezkor ehtiyoj bo‘lgani uchun xarid qildi. Bu haqda u Zeit gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi RIA «Novosti».
Avvalroq AQSh Turkiyani u Rossiya zenit-raketa majmuasini xarid qilgani uchun bir necha marta tanqid qilgandi. Qayd etilishicha, ushbu majmualar NATOning raketalarga qarshi mudofaa tizimlariga integratsiyalashmaydi.
«Ular bizga juda tez kerak edi, sababi bizda raketalarga qarshi mudofaa tizimlari bo‘lmagan. Bizda AQShdan oddiy qurolni sotib olish bilan ham bog‘liq muammo bor edi, sababi kongressda turli shubhalar yuzaga keldi. Biz kimdandir xarid qilishimiz lozim edi. Agarda AQSh hukumati kongress bunga imkon berishi borasida kafolat taqdim etsa, biz ularning Patriot raketalarga qarshi tizimlarini xarid qilamiz», - deya aytib o‘tdi Chavusho‘g‘li.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026