Jahon | 19:06 / 05.04.2018
14745
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadan Afg‘onistonga kelgan jangarilar soni aytildi

Foto: Rahman Safi

Tojikiston maxsus xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, taxminan 8 ming terrorchi Suriyadan Afg‘onistonga ko‘chib o‘tgan. Bu haqda Rossiya FXX direktori birinchi o‘rinbosari, armiya generali Sergey Smirnov xabar berdi.

"Tojikiston tomonining ma'lumoti hozirda Afg‘oniston hududidan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari uchun kelayotgan tahdiddan darak berdi. Jangarilarning o‘tishi, jumladan, IShIDdagilarning, Eron, Turkiya chegarasi orqali ro‘y berdi, Afg‘onistonga, xususan, shimoliy tumanlarga qarab ketmoqda", - deya aytib o‘tdi u ShXT Mintaqaviy aktilterrorchilik tuzilmasining 32-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tojikiston maxsus xizmatlari ma'lumotiga ko‘ra, qariyb 8 ming shaxs Suriyadan kelgan”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid