Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Suriyaga qiziqishni yo‘qotdi – OAV
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi harbiy kampaniyani tugatish va mamlakatdan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Associated Press Oq uydagi manbalarga asosan xabar berdi.
Tramp Suriyadan amerikalik taxminan 2 ming askarni uyiga qaytarish haqida rasman ma'lum qilmadi, biroq qo‘shinlar IShIDning so‘nggi jangarilari yo‘q qilinishi bilan olib chiqib ketilishini aytib o‘tdi, deya xabar bergan agentlikka uch manba. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti kampaniyani olti oy davomida tugatishni mo‘ljallamoqda.
Tramp seshanba, 3 aprel kungi yig‘ilishda o‘z maslahatchilariga sabri tugayotganini bildirib qo‘ygan, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi yana bir manba.
Shu bilan birga, agentlikning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Suriyani qoldirish bo‘yicha xohishida yagona bo‘lib turibdi. Xususan, Pentagon, Davlat departamenti va MRB bunday qadamning ehtimoliy oqibatlaridan jiddiy xavotirda.
Mavzuga oid
22:19 / 23.03.2026
Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa – Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi haqida
16:22 / 23.03.2026
O‘zbekistonliklar AQShga ishga yuborilishi mumkin. O‘rtacha oylik – 3500 dollar
16:20 / 23.03.2026
Xarg oroli: harbiy ssenariylar va iqtisodiy oqibatlar tahlili
13:56 / 23.03.2026