Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UXX Rossiya Bosh shtabini teraktni tashkillashtirishda aybladi
Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya Bosh shtabini Kiyevdagi «Espresso» telekanali binosi oldidagi teraktni tashkil etishda aybladi, uning natijasida Oliy rada deputati Igor Mosiychuk jabrlangan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Jinoyat tashkilotchisi – shaxsi aniqlanmagan erkak kishi bo‘lib, u Rossiya Qurolli kuchlari bosh boshqarmasi vakilidir. Ushbu shaxs Rossiyadan Ukrainaga kelib, bu yerda 2017 yilning 9 sentabridan 11 sentabrigacha va 2017 yilning 10 oktabridan 15 oktabriga qadar bo‘lgan», - deya ma'lum qildi Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Viktor Kononenko.
Kononenkoning shuningdek xabar berishicha, ishda yana to‘rt kishi bor, ulardan uch nafari – ukrainaliklar, ularning shaxsi aniqlangan. Ulardan ikki nafari, tergovchilar ma'lumotiga ko‘ra, terakt ijrochilari hisoblanadi hamda Rossiya hududida yashirinmoqda. Ukrainaning yana bir fuqarosi bu ish bo‘yicha qo‘lga olindi va qamoqqa joylashtirildi. Barcha uch nafar shaxsga gumonlanuvchi rasmiy maqomi berilgan.
Qo‘lga olingan erkakka «insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan teraktga ko‘mak ko‘rsatish» va «portlovchi qurilmalarni noqonuniy ravishda saqlash hamda ishlab chiqarish» ayblovi qo‘yilgan bo‘lsa, boshqa ikkisi «jamoat arbobi hayotiga xavf tug‘dirish», «terrorchilik akti» va «qurolni noqonuniy saqlash» moddasi bilan gumonlanmoqda. Tergov Rossiyaga ushbu ish bo‘yicha shaxslarni topshirish borasida murojaat etishni rejalashtirmoqda.
Kiyev prokurori o‘rinbosari hujum sabablarini aytmadi, biroq «olingan ma'lumotga ko‘ra, aynan Mosiychuk ularga kerak bo‘lgani»ni ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
17:15
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30
Rinkevichs: Ukrainada tinchlikka Yevropa ishtirokisiz erishib bo‘lmaydi
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50