Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda fojia: YTHda 8 kishi halok bo‘ldi
Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan 4R-35 "Jizzax – Gagarin” yo‘lining 49-kilometrida ikkita "Neksiya" rusumli avtomobil to‘qnashib ketishi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Sangzor nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, hodisa 4 aprel kuni soat 12:40da sodir bo‘lgan.
Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya” Jizzax-Do‘stlik yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib borayotganda, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan, 26 yoshli arnasoylik haydovchi boshqaruvidagi avtomobil bilan yuzma-yuz to‘qnashib ketgan.
Oqibatda yong‘in kelib chiqqan. Hodisa tufayli har ikkala avtomobilda bo‘lgan barcha – jami sakkiz kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026