Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati shakllantiriladi
O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 4944-sonli farmoni ijrosini ta'minlash, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish, sog‘liqni saqlash va moliya organlari hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori taqdim etildi.
Qarorga muvofiq, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar monitoringini olib boradi.
Hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarga qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yuborilgan so‘rovlariga belgilangan tartibda tegishli ma'lumotlar taqdim etilishi uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari hamda moliya bo‘limlari mas'uldir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek ularga har yil yakuniga ko‘ra, fuqarolar yig‘inida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli tarmoqlarning hisobotlarini tinglash, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish to‘g‘risida hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqish amaliyotini joriy etish vazifasi yuklatildi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari - moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov, sog‘liqni saqlash vaziri A.K.Shodmonov zimmasiga yuklatildi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026