Sport | 07:57 / 06.04.2018
38866
2 daqiqa o‘qiladi

Makgregor UFC jangchilari avtobusiga hujum qildi, avtobus ichida Nurmagomedov ham bo‘lgan (video)

Foto: EFE/ARMANDO ARORIZO

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor o‘z do‘stlari bilan birga UFC 223 musobaqasi ishtirokchilari avtobusiga hujum qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. YouTube’da joylashtirilgan videoda Konor musobaqa ishtirokchilarini musobaqa oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumandan olib ketayotgan avtobusga qo‘liga tushgan narsani uloqtirib, uning oynasini sindirganini ko‘rish mumkin. Konorning sheriklaridan biri yana bir oynani sindirgan. Voqea 5 aprelda Bruklinda yuz bergan.

 

Aralash yo‘nalish bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning menejyeri Rizvan Magomedov so‘zlariga ko‘ra, Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) jangchilaridan hech kim tashkilotning ikki vazn toifasidagi sobiq chempionati irlandiyalik Konor Makgregor hujumidan so‘ng politsiyaga murojaat etmagan.

«Jangchilardan hech kim politsiyaga murojaat qilmadi. Hamma sog‘, faqat avtobusga ziyon yetdi», - deya Magomedovning so‘zlarini keltiradi TASS.

UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, politsiya Makgregorga mamlakatdan chiqib keta olmasligini ma'lum qilgan. Irlandiyalik jangchiga hujumi yuzasidan tushuntirish berish uchun iloji boricha tezroq davlat idoralariga murojaat qilish tavsiya qilingan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, hujum vaqtida jabrlangan ba'zi jangchilar Makgregorni sudga berishmoqchi.

Uaytning fikricha, tashkilotning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregorning jangchilar o‘tirgan avtobusga hujumi UFC tarixidagi eng yomon voqeadir.

«Bu UFC bilan yuz bergan eng yomon hodisa. Makgregorni hibsga olish uchun order berildi, uni qidirishmoqda», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi MMAfighting.

Ta'kidlanishicha, avtobusda o‘sha payt rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov ham bo‘lgan.

Mavzuga oid