Jamiyat | 13:42 / 07.04.2018
12275
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lovchini avtomashinada urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi

Illyustrativ foto/© Sputnik

Samarqand tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2018 yil 4 aprel kuni, noma'lum haydovchi avtomashinani “Samarqand-Buxoro” M-37 yo‘lining 35-kilometrida haydab ketayotib, piyoda, 1983 yilda tug‘ilgan O.Q.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Natijada O.Q. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Tayloq tumani Gulba mahallasida  yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan N.I. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid