Jahon | 00:28 / 07.04.2018
13339
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar Saudiya Arabistonining taklifini qabul qildi

Qatar Saudiya Arabistonining Dahron shahrida 15 aprelda o‘tadigan Arab davlatlari ligasi sammitida ishtirok etadi. Doha News yangiliklar portalining ma'lum qilishicha, bu haqda Qatar tashqi ishlar vazirligining vakili Lulva al-Xatar ma'lum qilgan. 

Uning aytishicha, Doha taklifni qabul qilgan, biroq sammitda amirlikning qaysi darajadagi mansabdor shaxslari ishtirok etishi bo‘yicha qaror qabul qilinmagan. Sammitda Falastin-Isroil ixtilofi; Al-Quds maqomi masalasi; Suriya, Yaman, Liviyadagi inqirozlar; terrorchilikka qarshi kurash hamda Eronning arab davlatlari ishiga aralashuvi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Qatar va arab davlatlari o‘rtasida vujudga kelgan inqiroz muhokama qilinadi.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid