Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makgregor garov puli evaziga ozod qilindi
Foto: AP Photo/Julio Corte
Aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor UFC jangchilari ketayotgan avtobusga hujum qilgani uchun 6 aprelda Nyu-York sudi oldida javob berdi. Unga ko‘ra, irlandiyalik jangchini sud taftishigacha 50 ming dollar garov puli evaziga ozodlikka chiqarishga qaror qilingan. Bu haqda TMZ portali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Makgregor UFC prezidenti Deyna Uayt bilan suhbatdan keyin Nyu-York politsiyasining 78-bo‘limiga ko‘ngilli tarzda kelgan. Makgregor politsiya bo‘limidan sud binosigacha kishanlangan holda yetkazilgan.
Jangchiga pasportini topshirmaslikka ruxsat berilgan, shu sababli u Irlandiyaga qayta oladi.
5 aprel kuni Makgregor bir necha sherigi bilan UFC 223 musobaqasida ishtirok etishi kerak bo‘lgan jangchilar avtobusiga hujum qilgan. Avtobusda yengil vazn toifasida chempionlik kamariga da'vogar rossiyalik Xabib Nurmagomedov ham bo‘lgan. Hujum oqibatida bir necha jangchilarga jarohat yetgan.
“Nyu-York post” nashrining ma'lum qilishicha, Makgregorning “quyushqondan chiqishiga” UFC rahbariyatining uni chempion unvonidan mahrum qilish qarori sabab bo‘lgan. Unga bezorilik va o‘zganing mulkiga ziyon yetkazish ayblovlari qo‘yilgan.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019