Sport | 09:18 / 07.04.2018
16184
2 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedovga yangi raqib topildi

Foto: AFP / STEVE MARCUS

Amerikalik aralash uslub jangchisi El Yakvinta Nyu-Yorkda 7 aprelda o‘tadigan UFC 223 musobaqasining chempionlik kamari uchun jangida rossiyalik Xabib Nurmagomedovning raqibi bo‘ladi. Bu haqda Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) rasmiy saytida ma'lum qilindi.    

Ma'lum qilinishicha, Nurmagomedov–Yakvinta jangi uchun shartnoma imzolangan. “Bu 5 raundlik jang bo‘ladi. Ushbu jang kechaning asosiy jangi bo‘ladi”, deb yozgan jurnalist Ariel Xelvani.

Biroq chempion unvonini faqat Nurmagomedov olishi mumkin. Gap shundaki, Yakvinta jang o‘tadigan yengil vazn toifasi uchun zarur vaznga erisha olmagan. “Agar Yakvinta g‘olib bo‘lsa, u unvon egasi bo‘la olmaydi, Nurmagomedov yutsa u chempion deb e'lon qilinadi”, deb aytilgan UFC bayonotida.

6 aprelda UFC’ning o‘rta yengil vazn toifasidagi chempioni, amerikalik Maks Xollouey tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra Nurmagomedovga qarshi jang o‘tkaza olmasligi ma'lum bo‘lgandi, chunki u zaruriy vaznga erisha olmagan. Shundan keyin rossiyalikka amerikalik Entoni Pettis raqib deb e'lon qilingan, biroq u ham belgilangan vazndan og‘irroq chiqqan.

Mavzuga oid