Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aqto‘beda Qirg‘iziston raqamidagi avtobus o‘qqa tutildi
Foto: BNews.kz
Qirg‘iziston raqamiga ega bo‘lgan avtobus Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati hududida hujumga uchradi, avtobus haydovchisiga o‘q uzilgan. Bu haqda Qozog‘iston TIV rasmiysi Ayimkan Kulukeyeva Facebook sahifasida ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchixonasi hodisa tafsilotlarini aniqlashtirmoqda. Xuddi shu vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda o‘qqa tutilgan mikroavtobus bo‘yicha video tarqalgan. Kulukeyevning yozishicha, ushbu hodisa 5 apreldan 6 aprelga o‘tar kechasi Aqto‘bedagi trassada ro‘y bergan.
Aqto‘be oblasti Ichki ishlar departamentida bu hodisa tasdiqlangan. Ushbu hodisa talonchilik hujumi sifatida qaralmoqda, ayni vaqtda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
12:52 / 19.03.2026
23 martdan Toshkent - Chorvoq avtobus qatnovi qayta tiklanadi
23:31 / 18.03.2026
Hayit kuni Toshkent shahrida jamoat transporti o‘z ishini soat 4 dan boshlaydi
19:59 / 15.03.2026