Qirğiziston raqamiga ega bölgan avtobus Qozoğistonning Aqtöbe viloyati hududida hujumga uçradi, avtobus haydovçisiga öq uzilgan. Bu haqda Qozoğiston TIV rasmiysi Ayimkan Kulukeyeva Facebook sahifasida ma'lum qilgan.
Uning sözlariga köra, ayni vaqtda Qirğizistonning Qozoğistondagi elçixonasi hodisa tafsilotlarini aniqlaştirmoqda. Xuddi şu vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda öqqa tutilgan mikroavtobus böyiça video tarqalgan. Kulukeyevning yozişiça, uşbu hodisa 5 apreldan 6 aprelga ötar keçasi Aqtöbedagi trassada röy bergan.
Aqtöbe oblasti Içki işlar departamentida bu hodisa tasdiqlangan. Uşbu hodisa talonçilik hujumi sifatida qaralmoqda, ayni vaqtda tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.












