O‘zbekiston | 21:10 / 09.04.2018
9675
2 daqiqa o‘qiladi

Limon va kartoshka yetishtiruvchilar uyushmalariga rahbarlar tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi» rahbariyati tasdiqlandi.

Nuritdin Zaynutdinovich Faxrutdinov uyushma raisi etib, Akbar A'zamovich Saidov esa uyushma raisining Agrotexnologiya va ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tasdiqlangan.

Shuningdek, hukumat qaroriga ko‘ra «Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi» raisi Elyor Toshpo‘latovga o‘rinbosarlar tasdiqlangan. Bu lavozimlarni Abdusalim Xolboyevich Yusupov va G‘ayrat Abduhamidovich Abduvohidov egallagan. 

Eslatib o‘tamiz, «Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi» O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tashkil etilgandi.

«Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi» esa prezidentning 2018 yil 23 fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori bo‘lgan kartoshka ko‘chatlarini yetishtirishni tashkil etish hisoblanadi.