Özbekiston Respublikasi prezidenti «Özbekiston Respublikasida limonçilik sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, “Özbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, ‘"Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki hamda limon yetiştiruvçi taşkilotlarning respublika hududida limon köçatlarini yetiştirişni yanada rivojlantiriş va eksport hajmini oşiriş maqsadida “Limon yetiştiruvçilar va eksport qiluvçilar” uyuşmasini (keyingi örinlarda Uyuşma deb ataladi) taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Ma'lumot uçun qabul qilinişiça: “Pyure frut treyd” MÇJ, “Xolis sarkor zamin” MÇJ, “QUBBO meva- sabzavot” MÇJ, “Sağbon tikuvçi elit” MÇJ, “Sora invest” MÇJ mas'uliyati çeklangan jamiyatlari şaklidagi limon yetiştiruvçi taşkilotlar, “Uzoqboy nihollari”, “Qurbonov Izzatilla”, “Abdurahmon Abduğaffor davr” fermer xöjaliklari hamda tomorqa yer egalari, limon eksporti bilan şuğullanadigan xöjalik yurituvçi sub'yektlar Uyuşma muassislari hisoblanadi;
taşkilotlar, fermer xöjaliklari va boşqa xöjalik yurituvçi sub'yektlar şartnoma asosida Uyuşmaga mustaqil a'zo bölişlari mumkin va uning tarkibidan çiqiş huquqiga egadirlar.
Quyidagilar Uyuşmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
respublikada limon köçatlarini yetiştiriş va limon yetiştiruvçi issiqxona xöjaliklarini taşkil etişni kompleks rivojlantiriş böyiça dasturlarni amalga oşirişda iştirok etiş, sohada yagona ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsion va eksport siyosati amalga oşirilişiga kömaklaşiş;
tabiiy maydonlardan oqilona foydalangan va intensiv yetiştiriş texnologiyalarini qöllagan holda limon ösimligining ösişi uçun qulay bölgan hududlarda maxsus issiqxona xöjaliklarini taşkil qiliş yöli bilan limon yetiştiriş hamda eksportga mahsulot çiqariş hajmlarini bosqiçma-bosqiç oşirib boriş;
limon yetiştiriş jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, çet ellik mutaxassislar hamda konsultantlarni faol jalb qiliş, uşbu sohaga ilğor texnologiyalarni joriy qiliş;
limon köçatlarini limon yetiştiriş bilan şuğullanuvçi jismoniy va yuridik şaxslarga tizimli yetkazib beriş, limon ösimligi zararkunandalari va kasalliklariga qarşi biologik hamda kimyoviy vositalar asosida kuraşiş işlariga kömaklaşiş;
innovatsion texnologiyalarni limon yetiştiriş jarayoniga joriy qiliş uçun ilmiy-tadqiqot işlari olib boriş, limonning mahalliy serhosil navlarini yaratiş, rayonlaştiriş hamda yangi navlarni davlat reyestriga kiritiş işlariga kömaklaşiş;












