Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobillar to‘qnashuvi, ikki shaxs tan jarohati oldi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 7 aprel kuni soat 11.00larda 1959 yilda tug‘ilgan A.B. o‘zining boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini Yunusobod ko‘chasida haydab ketayotib orqaga qayrilib olayotgan vaqtida asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan 1994 yilda tug‘ilgan B.T. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Damas” avtomashinasi haydovchisi A.B. jarohat olib kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uning yo‘lovchisi, 1992 yilda tug‘ilgan M.J. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:29 / 12.09.2024
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi
07:28 / 30.08.2024
Toshkent halqa yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qismi ochildi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024