Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehronda O‘zbekiston-Eron hukumatlararo komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yil 9-10 aprel kunlari Tehron shahrida bo‘lib o‘tadigan Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Eron hukumatlararo komissiyasining 12-majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qilmoqda.
Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda istiqbollari muhokama qilinadi. Xususan, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakatning tranzit imkoniyatlaridan faol va o‘zaro manfaatli foydalanishni ta'minlash masalalari tilga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Eron hukumatlararo komissiyasining avvalgi, 11-majlisi 2015 yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026