O‘zbekiston | 20:02 / 10.04.2018
7706
1 daqiqa o‘qiladi

2020 yilga qadar yana to‘rtta Boeing 787 Dreamliner O‘zbekistonga yetkaziladi

Foto: KUN.UZ

Amerikaning Boeing kompaniyasi 2020 yilgacha "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKga to‘rtta Boeing 787 Dreamliner samolyotini yetkazib beradi. «Jahon» AA shu haqida xabar berdi.

Manbada ta'kidlanishicha, 2020 yilga qadar O‘zbekiston milliy aviatashuvchisi tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan mavjud ikki shunday samolyotga qo‘shimcha ravishda yana to‘rtta Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini yetkazib beriladi. 

Hozirda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Boeing-787-8 modifikatsiyali ikki samolyotni ekspluatatsiya qilmoqda. Aviakompaniya 2016 yilning avgusti va noyabrida ikki Boeing-787 Dreamliner avialaynerini qabul qilgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid