Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab davlatlari Suriyadagi ixtilof borasida xato qilishgan – BAA
Arab davlatlari Suriya taqdirini arab davlatlari bo‘lmagan boshqa davlatlarga hal qilishga ijozat berib, bu davlatdagi ixtilof borasida strategik xatoga yo‘l qo‘yishgan. Bunday fikrni 10 aprelda arab siyosiy fikri anjumani FIKR16’da BAA tashqi ishlar vaziri Anvar Gargash bildirdi.
“O‘tgan haftada Suriya bo‘yicha o‘tgan uchrashuvda (Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari uchrashuvi) suriyaliklar ham, arab davlatlari ham taqdim qilinmadi. Arab davlatlari Suriyadagi ixtilof borasida strategik xatolarga yo‘l qo‘yishdi, Arab davlatlari ligasi ko‘proq siyosiy ta'sir ko‘rsatishi kerak edi”, deb aytgan Gargash.
Uning aytishicha, arab olamida asosiy ustun arablar bo‘lishi kerak va unda Saudiya Arabistoni va Misr kabi davlatlar boshqa arab davlatlari ko‘magida asosiy rolni ijro etishlari lozim, biroq hozircha bunday emas.
Suriyada 2011 yildan beri qurolli ixtilof davom etib kelmoqda. Suriyadagi yarashuvga kafil davlatlar – Rossiya, Turkiya va Eronning 4 apreldagi muzokaralarida deeskalatsiya hududlarini joriy qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Natijada 4 ta shunday hudud tashkil etilgan: birinchisi Idlibda, ikkinchisi Xoms shahridan shimolda, uchinchisi Sharqiy Gutada va to‘rtinchisi Iordaniya bilan chegaradagi Dera viloyatida.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026