Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda Buyuk Britaniya delegatsiyasi bilan Brexit muhokama qilindi
Foto: UzReport
2018 yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta muzokarachisi Sara Kroft boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda asosiy e'tibor Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga qaratildi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi amaldagi Bitim qoidalarini «Brexit» jarayonidan so‘ng kuchga kirishi kutilayotgan ikki tomonlama O‘zbekiston-Buyuk Britaniya shartnomasi loyihasiga kiritish to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Muzokaralarda Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Alan ishtirok etdi.
Mavzuga oid
08:44
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
08:40 / 20.05.2026